“O‘zbekiston faxri bo‘laman”

Date:

Bugungi yoshlar — Vatanimiz kelajagi, ertangi kun bunyodkorlaridir. Ularning kim bo‘lib yetishishi, qaysi kasbni tanlashi, nimalarga qiziqib, qanday yuksak maqsadlar sari intilishi jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois yoshlarda ongli kasb tanlash, bilimga intilish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Termiz shahridagi 2-sonli akademik litseyida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Men kelajakda tanlagan kasbim bo‘yicha O‘zbekistonning faxri bo‘laman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzu doirasida mazmunli ma’ruzalar qilindi. Jumladan, tarix fanlari doktori, professor S. Tursunov hamda universitet professor-o‘qituvchilari yoshlar uchun kasb tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, shaxsiy qiziqishlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi uyg‘unlik, bilim va mas’uliyatning ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdilar.

Shuningdek, tadbir jarayonida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ma’rifiy chiqishlar namoyish etilib, tadbir interaktiv va samimiy ruhda o‘tdi. Bu esa yoshlarda o‘z kelajagi haqida yanada chuqurroq mushohada yuritishga undadi.

Tadbir yakunida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 tadan ortiq kitob Termiz davlat universitetiga qarashli 2-sonli akademik litsey kutubxonasi fondiga sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun