4 450 gektar maydonda suv tejaladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Angor tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tegishli tashkilotlar, soha mutasaddilari hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi. Tumanda 4 450 gektar paxta maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, ariq va kanallarni betonlash ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Angor tumanida Suv yetkazib berish davlat muassasasi tasarrufidagi 30 kilometr, shuningdek, «Zamin Angor kluster» MCHJ va fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan 167 kilometr ariqlarni betonlash ishlarini kuz-qish mavsumida to‘liq yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun