Teatr ijodkorlarimiz Tojikistonda

Date:

Abulqosim Loxutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama teatrida Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan buyuk nemis dramaturgi Fridrix Shiller qalamiga mansub “Makr va muhabbat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Mazkur ijodiy tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, teatr san’ati orqali do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Spektaklda insoniy tuyg‘ular, muhabbat va vijdon, adolat hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar chuqur badiiy ifoda etildi.

Tomosha davomida sahna madaniyati, aktyorlar ijrosi va rejissorlik yechimlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mezbon san’at ixlosmandlari spektaklni iliq qarshi olib, ijodiy jamoaga yuksak baho berishdi.

Tadbir yakunida teatr rahbariyati va ijodkorlar o‘rtasida fikr almashilib, kelgusida o‘zaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur spektakl namoyishi Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodiy jamoasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, milliy teatr san’atimizni keng targ‘ib etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun