Eng ko‘p murojaat Termiz shahri aholisidan

Date:

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanadi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami  46 035 ta kadastr pasporti shakllantirish yuzasidan arizalar kelib tushgan. Shundan 18 569 tasi nizoli holatlar borligi, huquqiy hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi, arizachi davlat xizmati ko‘rsatilishidan bosh tortganligi, Oldi-sotdi shartnomasida manzil noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi va boshqa sabablarga ko‘ra rad etildi, 1 889 tasi ko‘rib chiqilmoqda,  679 tasi to‘lovi kutilmoqda, 24 898 tasi yakunlangan.

«Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng ko‘p murojaat viloyatning Termiz shahri aholisidan kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar 8 723 tani tashkil qilgan.

— Kadastr hujjatlarini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda, Termiz shahrida 5 531 ta, Angor tumanida 1 476 ta, Bandixon tumanida 467 ta, Boysun tumanida 559 ta, Denov tumanida 3 525 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 2 075 ta, Muzrabot tumanida 901 ta, Oltinsoy tumanida 675ta, Qiziriq tumanida 1 459 ta, Qumqo‘rg‘on tumani 1 363 ta, Sariosiyo tumanida 1 577 ta, Sherobod tumanida 1 018 ta, Sho‘rchi tumani 1 206 ta, Termiz tumani 1 945 ta va Uzun tumanida 1 121 ta yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan», – deydi Boshqarma matbuot xizmati rahbari B.Safarov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun