Deputat o‘rganishda

Date:

O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Soliq imtiyozlari, ortiqcha aralashuvlarning oldini olish kabi normalar tadbirkorlar erkin faoliyat yuritishi uchun muhim kafolat bo‘lib xizmat qilayotir. Bundan tashqari, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib,  tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar, grantlar berish va boshqa moliyaviy yordam turlari yolga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, biznes faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma sanoat zonalari, texnoparklar,biznes inkubatorlar va kovorking markazlari yaratilib, ular tadbirkorlarga qulayliklar yaratadi. Xususan tadbirkorlik faoliyatiga ishtiyoqi bo‘lgan yosh va kattalar uchun tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslari, treninglar tashkil etilib, yoshlar va mavjud tadbirkorlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Termiz tumanida joylashgan “Termiz” xalqaro savo markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova Savdo markazida bo‘ldi. Mazkur o‘rganish davomida yaratilgan barcha sharoit va qulayliklar , narx navo bilan tanishib, afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘ldi. Suhbat chog‘ida   afg‘onistonlik tadbirkorlar  O‘zbekistonda qulay biznes muhiti yaratilganidan o‘zlarining chuqur minnatdorchiligini  bildirdilar.

Shuningdek, deputat viloyati nogironligi bor shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida bo‘lishib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, dori-darmon ta’minoti va mutaxassislar uchun yaratilgan ish sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyadan holi muhit yaratish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Ra’no Astanaqulova Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida tahsil olayotganlar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. Muloqotda ta’lim sifatini oshirish, integratsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha taklif va fikrlar tinglandi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun