O‘zbekiston — Xitoy:KELISHUVLAR MANFAATLI, LOYIHALAR IStiQBOLLI

Date:

So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari mustahkam yo‘lga qo‘yildi. Albatta, bu aloqalar ikki tomonlama manfaatli va foydali loyiha va rejalarni amalga oshirishga keng yo‘l ochayotir, deyish mumkin.
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligidagi delegatsiya tarkibida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham viloyatimizdagi imkoniyatlardan keng foydalanish, yangi g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish maqsadini ko‘zlagan holda kelishuvlarga erishayotir.
Tashrifning ilk kunida Xitoy Xalqaro madaniy aloqalar markazi (CICCC) ijrochi raisi Long Yuxiang va “JDB Group” kompaniyasi asoschisi va raisi Chan Hung-to bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuvda ikki tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar, shuningdek, mazkur kompaniya tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalaridagi ishtiroki muhokama qilindi.
Xususan, Toshkent-Samarqand, Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pullik avtomobil yo‘llarini qurish loyihasi, yo‘l texnikasi tizimlarini yangilangan zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar natijasida “JDB Group” kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatida bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi hamda hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shuningdek, tashrif doirasida Gonkong shahrida O‘zbekiston — Xitoy biznes forumi tashkil etildi. Forumda yurtimizning, xususan, Surxon vohasining o‘ziga xos jihatlari turizm salohiyati, agrar, iqtisodiy imkoniyat va shart-sharoitlari namoyon etildi. Bu esa forumda ishtirok etayotgan keng jamoatchilik vakillarining e’tiborini jalb eta oldi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov qator xalqaro kompaniyalar va investitsiya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun