Xizmati tahsinga sazovor

Date:

Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Ularning har bir mehr va e’tiborg, g‘amxo‘rlikka munosib. Ana shundagina ular munosib tarbiya topib ulg‘ayishadi. Jamiyatga qo‘shilib, kayfiyatida ham ijobiy hislat va jihatlar seziladi. Bolaning sog‘ligida nuqsoni bormi, ular-da, alohida e’tiborga, parvarishga olinishi, atrofdagilardan o‘zini ojiz his etmasligi lozim.

Ana shunday jihatlarni hisobga olgan holda «Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan “Shohzamon qurilish ta’mirlash” MCHJ tomonidan Bandixon tumanida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda 11 nafar bola bilan doimiy ishlanib, ularga g‘amxo‘rlik qilinayotir.

Bolalarning kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari bilan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi. Ushbu bolalarga tarbiyachilar tomonidan alohida ko‘rsatilayotgan mehr-e’tibor tahsingga sazovor.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...

Avtoshohbekat foydalanishga topshirildi

Termiz tumanida barcha qulayliklarga ega yangi avtoshohbekat tantanali ravishda...

“Qizil” toifadagi mahallalar muhokamada

Prezident topshiriqlariga muvofiq, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda mas’ullar...
KunTun
KunTun