Inson omili kamaymoqda

Date:

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘tgan davr mobay-nida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har
bir ish bo‘yicha qonuniy, asos-lantirilgan va adolatli sud qarori chiqa-rilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda jamiyat va davlat hayotini keng ko‘lamli isloh qilish, amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Dunyoning ilg‘or demokratik davlatlarida sud hujjatlarini ijro etish sohasida shakllangan tajriba va amaliyot tahlili asosida majburiy ijro byurosining tuzilma va vazifalari majburiy ijro tizimi rivojlanishining zamonaviy talablari va jahon tendensiyalariga muvofiqlashtirildi.
Sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek, fuqarolarning minimal turmush darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari tizimlashtirildi va yanada takomillashtirildi.
Sud hujjatlarini bajarmaslik Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 336-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ijro varaqalar undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali – mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi belgilandi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, ijro varaqasi qog‘oz shaklida berilishi nazarda tutildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan, ijro ishlari bo‘yicha yagona elektron bazani yuritish, shuningdek, qarzdorning undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud bo‘lmagan taqdirda va uning mol-mulkini yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi qonunda yo‘l qo‘yiladigan doiarada ko‘rgan barcha choralar natijasiz bo‘lgan taqdirda, ijro ishini yuritish davomida qarzdorga nisbatan o‘rnatilgan cheklovlarni qarzlar to‘liq to‘langanidan keyin bekor qilish tartibi belgilandi. Shuningdek, ijro hujjatini shakllantirish chog‘ida ijro hujjatiga undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki undiruvchi yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami majburiy kiritilishini, sud hujjatlariga asosan berilgan ijro hujjatlari taraflarga elektron shaklda taqdim etilishi hamda yuborilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shu bilan birga, ushbu Qonun “Majburiyatlar reyestri” deb nomlangan yangi 32-bob bilan to‘ldirilib, unda majburiyatlar reyestrini yuritish, majburiyatlar reyestridagi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni saqlash va chiqarib tashlash tartibi hamda muddatlarini belgilovchi normalar belgilandi.
Mazkur Qonun fuqarolar, jamiyat va davlatning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda inson omilini kamaytirishga, majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Botirjon Abdullayev,
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun