“SYURPRIZ TEKSHIRUV”: XAVFMI YO TARTIB?

Date:

2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda soliq tekshiruvlari bo‘yicha muhim o‘zgarish kuchga kirdi.Endi soliq bazasini yashirish yoki kamaytirib ko‘rsatish holatlari aniqlan-ganda, soliq organlari tadbirkorlik subyektlarini kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilmasdan tekshiruv o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Bu yangilik tadbirkorlar hamjamiyatida qator savollar va xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Chunki “har qanday kutilmagan tekshiruv” — bu ish jarayonini to‘xtatish, hujjatlarni tezda tayyorlash va mas’uliyatni aniqlash kabi qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Avvalgi tartibda soliq tekshiruvi boshlanishi kamida 10 ish kuni avval rasmiy xat bilan tadbirkorga yetkazilardi. Bu tadbirkorga hujjatlarini tayyorlab, huquqiy yordamga murojaat qilib, tekshiruvga tayyorgarlik ko‘rish imkonini berardi. Endi esa, agar “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi orqali soliq bazasini yashirish holati aniqlansa, bunday ogohlantirish talab qilinmaydi.
Mazkur yangilik soliq tizimining raqamlashtirilishi va avtomatlashtirilgan tahlil natijalariga suyangan holda olib boriladi. Bu o‘z navbatida:

  • Aniq va asoslangan tekshiruvlarga yo‘l ochadi;
  • Manfaatdorlik va subyektiv qarorlarni kamaytiradi.
    Faqatgina soliq organlarining maxsus avtomatlashtirilgan tizimi orqali daromad va xarajatlar o‘rtasida muta-
    nosiblik yo‘qligi, yirik miqdorda kamaytirilgan soliq bazasi,
    soliq to‘lovlarida sun’iy kamaytirish sxemalari, oldingi hisobotlarga nisbatan keskin farqli raqamlar keltirilgan hollar va boshqalar aniqlanganda tekshiruv qo‘llaniladi.
    Tadbirkorlar nima qilishi kerak?
  1. Har oylik hisobotlar va soliq to‘lovlarini aniq va asosli tayyorlash;
  2. Har bir soliq imtiyozi yoki qayta hisob-kitob uchun yetarli hujjatiy asosga ega bo‘lish;
  3. Buxgalteriyani shaffof va tahlilga tayyor holda yuritish;
  4. “Soliq xavfi” mezonlari bilan tanish bo‘lish va o‘z faoliyatini shunga moslash.
    2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida:
  5. Nazorat-kassa texnika-sini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish;
  6. Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq to‘lash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik;
  7. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish;
  8. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali
    qazilmalar hajmini soliq
    hisobotida to‘liq aks ettir-maslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda birinchi marta ogohlantiriladi, ogohlantirishdan so‘ng uch kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘ladi. Shuningdek, sayyor soliq tekshiruvini faqat mazkur qarorda keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha amalga oshirish va uni tekshiruv boshlangandan so‘ng, 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
    Hukumatning maqsadi — soliq tizimini samarali va adolatli qilish. Ammo “syurpriz tekshiruv” degan tushuncha noto‘g‘ri qo‘llanilsa, tadbirkorlik muhitiga so‘nggi yillarda yaratilgan ishonchni so‘ndirishi mumkin.

Asliddin Baxramov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun