Pensiya yoshi oshiriladimi?

Date:

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilindi. Bu haqida Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasining mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha xulosasida keltirilgan.

 Jamg‘arma tahlilida O‘zbekiston pensiya tizimi qator islohotlarga muhtojligi qayd etilgan. Shu sabab tizim o‘rta muddatli barqarorlikni ta’minlay olishi uchun ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur.

 XVJga ko‘ra, unga quyidagi yo‘llar bilan erishish mumkin:

      – pensiya yoshining past ko‘rsatkichlarini bosqichli ravishda oshirish;

     – ayrim tashkilot kategoriyalari uchun belgilangan imtiyozli badal stavkalarini bosqichma-bosqich bekor qilish bilan bir vaqtda standart badal stavkasini oshirish;

    – pensiya nafaqasi miqdorini mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha daromad asosida hisoblash;

    – avtomatik narx indeksi asosidagi pensiya indeksatsiya mexanizmini joriy qilish.

 Jamg‘armaning ta’kidlashicha, keksalikda kambag‘allikni kamaytirish maqsadida beriladigan har qanday ijtimoiy nafaqalar qat’iy manzilli bo‘lishi lozim. Bular ehtiyojmandlikni baholash asosida aniqlanib, davlat budjetidan moliyalashtirilishi va takrorlanishlarning oldini olish uchun boshqa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bilan uzviy bog‘liq holda boshqarilishi kerak.

 2023-yil aprel oyida Jahon banki o‘zining “O‘zbekistonda inson kapitali va suv infratuzilmasiga davlat xarajatlari samaradorligini oshirish” hisobotida mamlakatga pensiya yoshini oshirishni taklif qilgan (hozirda erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh).

 Hisobotda qayd etilishicha, qaror qabul qilingan paytdan boshlab uni amalga oshirish boshlangunga qadar pensiya yoshi arafasidagi xodimlarga o‘z hayot rejalarini o‘zgartirishlari uchun moslashishga vaqt berish maqsadga muvofiqdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...

Termizda Yapon bog‘i barpo etiladi

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida...
KunTun
KunTun