Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari e’tiborda

Date:

Jurnalistika bir hamla bilan zabt etiladigan fusunkor tepalik emas, u boshqa ko‘p sohalar kabi zahmatli mehnatni talab etadi. Hayotning zavqli damlari qog‘oz-u qalam ixtiyoriga o‘tadi.

— Barchangizga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, bunyodkorlik ishlarini keng ommaga tezkorlik va holislik bilan targ‘ib qilayotganingiz uchun tashakkur aytamiz, — deydi tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev. — Hech qachon xalq xizmatidan charchamangizlar. Bayram muborak bo‘lsin.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda  yurakdan chiqqan so‘z va qalb bilan qilingan xizmat sohibu sohibalari bo‘lgan bir guruh jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnati e’tirof etildi.

Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan samimiy suhbat bir piyola choy ustida davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...

Termizda Yapon bog‘i barpo etiladi

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida...
KunTun
KunTun