Hokim yoshlar bilan uchrashdi

Date:

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, qo‘llab-quvvatlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Har bir yoshning muammosini eshitish, uning fikrini inobatga olish va tashabbuslarini rag‘batlantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.

Shu maqsadda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida ishsiz va turli muammolarga duch kelayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot samimiy va ochiq ruhda o‘tdi. Viloyat rahbari yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini tingladi.

Uchrashuvda yoshlarning muammolarini bartaraf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mas’ullarga biriktirilgan vazifalar ijrosi tahlil qilindi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi yoshlarga zarur ko‘mak va qo‘llab-quvvatlovlar ko‘rsatilishini, ularning bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, yoshlarni ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun