Darslik yo‘qolsa, jarimasi qancha?

Date:

“Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼiy nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan boʻlsa, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi. Yoki uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart boʻladi.
Ushbu jarayonda oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar (yoki oʻqituvchilar) zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:
1-sinf — har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun uning bir baravari miqdorida;
2–4- sinf — har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun uning ikki baravari miqdorida;
5–11-sinf — oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun uning toʻrt baravari miqdorida.
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek, oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun