Oʻzbek animatsion filmi xalqaro tanlovda gʻolib

Date:

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Abdulatif Haydarov tomonidan yaratilgan “Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat” hamda “Toʻmaris” nomli animatsion filmlar Hindistonning Noida shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro “Global Festival of Journalism & AVGC” kino-festivalida “Mukammallik uchun” nominatsiyasi gʻolibligiga loyiq koʻrildi.

“Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat” koʻp qismli animatsion loyihasi doirasida yaratilgan boʻlib, unda bosh qahramonlar — Salma, Amir va Zuhra afsonaviy davrga tushib qoladi. Ular film davomida Shiroq, Spitamen kabi jasur ajdodlarimiz bilan uchrashadi. Har bir qismda ularga Ruh bobo va Semurgʻ qushi hamrohlik qiladi.

Ikki qismlik “Toʻmaris” animatsion filmida esa qadimiy massagetlar malikasi — buyuk ayol siymosi Toʻmaris (miloddan avvalgi VI asr) hayoti hikoya qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun