Oliygohlar oʻzining brend konsepsiyasini ishlab chiqadi

Date:

“Respublika oliy taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, “oliy taʼlim tashkiloti brendi”ni yaratish hamda talabalarning kiyinish madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Unga koʻra, 1-avgustga qadar har bir OTMning oʻziga xosligidan kelib chiqib, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Bunda har bir OTMning xususiyati, ilmiy va taʼlim sohasidagi yutuqlari, innovatsion yoʻnalishlaridan kelib chiqib, uning logotipi va vizual identifikatsiyasi (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) yaratiladi.

Loyihada yozilishicha, zamonaviy taʼlim uslublari va ijtimoiy tashabbuslar (yaʼni eko loyihalar, ijtimoiy himoya) ham oliy taʼlim tashkilotlarining brendi orqali targʻib qilinadi.Shuningdek, qarorda OTMlar oʻz brendi aks ettirilgan buyumlar ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi hamda oliygohlarning oʻzida ularning savdo shoxobchalarini tashkil etilishi belgilangan.

Taʼkidlanishicha, 2025-yil noyabr oyiga qadar OTM logotipi, tashrif qogʻozi, madhiyasi va vizual identifikatsiyasini ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun esa logotip tushirilgan maxsus kiyim, suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi oʻyinchoq, fleshka va boshqa tegishli mahsulotlar yaratiladi.

Ayol xodimlar va talaba qizlar uchun oʻqish va xizmat faoliyati davomida oliy taʼlim tashkiloti logotipi tushirilgan maxsus kiyimiga rangi va oʻziga xos dizayni OTM tomonidan tanlangan klassik bichimdagi kofta-yubka yoki shim, bluzka, jaket, yopiq poyabzal boʻlishi, ozodalik va pokizalikka amal qilinishi kabi umumiy talablar qoʻyiladi.

Erkak xodim va talabalarning OTM logotipi tushirilgan maxsus kiyimi esa rangi va oʻziga xos dizayni OTM tomonidan tanlangan klassik uslubdagi shim, koʻylak, kostyum, yopiq koʻrinishdagi poyabzal boʻlishi shart.

Jamoatchilik muhokamasi 29-maygacha davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun