“Uzbekistan Airways” AJ Termizda sayyor qabul tashkil etdi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. “Savol-javob” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimligi vakillari, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlar agentligi, jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi agentlari, sayyohlik kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Aviatashuvlar sotuvi agentlari va sayyohlik tashkilotlar vakillari jahon tajribasi asosida takomillashtirishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yo‘lovchi va yuk tashish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Yo‘lovchilarni tashvishga soladigan masalalarning aksariyati joyida hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar aviakompaniyaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga o‘tkazildi.


Tadbir ishtirokchilari “Uzbekistan Airways” AJ guruhiga kiruvchi Silk Avia aviakompaniyasi negizida aviatashuvlar ichki bozorining rivojlanishi haqida ham batafsil ma’lumot olishdi. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi aviaqatnovlarni ko‘paytirish va fuqarolarimizning havo transportida harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish aviakompaniya oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biridir.
Shuningdek, bort kuzavchisi yoinki styuardessalikda faoliyat yuritishni istagan talabalar tomonidan ushbu kasblarda faoliyat yuritish uchun qanday talabar qo‘yilishi, chiptalarni sotish ya’ni aviakassalar ochish, reyslarda talabalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun beriladigan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ham muhim savollar o‘rtaga tashlanib, mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.
Uzbekistan Airways respublikaning barcha hududlarida bunday uchrashuvlarni tashkil etishda, yo‘lovchilar muammolariga yechim topishda, ularning taklif va fikrlarini o‘rganishda hamda xizmatlar sifatini yaxshilash ustida ishlashda davom etadi.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun