“Arzon Plyus” MCHJ faoliyatidagi muammolar o‘rganildi

Date:

Tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini kengaytirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi Termiz tuman bo‘limi mas’ullari tomonidan “Arzon Plyus” MCHJ korxonasi faoliyatidagi muammolar o‘rganildi. Mazkur korxona plastik toladan turli naqshinkor, namlik va sovuqni o‘tkazmaydigan gilamlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, xorijiy investitsiya hisobiga tashkil etilgan hamda hozirda 7 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
O‘rganish davomida korxonada tadbirkorning muammo va takliflari tinglanib, mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgan kommunikatsiya bilan bog‘liq ayrim muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun