Lochin

Date:

Bir kuni qirolga lochin bolasini sovg‘a qilishdi. Qirolning qushboqari uni katta qildi, ammo hech uchishga o‘rgatolmadi. Lochin polaponligida o‘tirgan daraxt shoxini tark etishni aslo xohlamasdi.
Qushboqar qirolga lochin ustidan arz qilib, uni aslo uchishga o‘rgatolmayotganini, hattoki yemishni ham qush o‘tirgan shoxga qo‘yishga majbur bo‘layotganini aytdi.
Qirol jarchi orqali lochinni uchishga majbur qiladigan odam topishni e’lon qildi va ertalab qush bog‘ ustida parvoz qilib yurganini ko‘rdi.
– Bu mo‘jizaning muallifini oldimga keltiringlar! – dedi qirol.
Uning oldiga oddiy dehqonni olib kelishdi.
– Uni uchishga qanday majbur qilding? Sehrgarmisan? – so‘radi qirol.
Dehqon qirolni xursand qila olganidan shod edi:
– Bu qiyin bo‘lmadi, zoti oliylari. Men shunchaki lochin o‘tirgan shoxni arralab tashladim va u qanotlari borligini tushunib ucha boshladi.
Xulosa: ayrim odamlar ham ana shu lochinga o‘xshaydi. Ular qanotlari borligini anglab yetmay, daraxt shoxida o‘tiraverishadi. Hayot ayrimlar o‘tirgan shoxni sindiradi va shundagina ular ucha olishlarini tushunishadi. Ayrimlarning hamma narsasi borligi uchun o‘tirgan joylarini yo‘qotishdan qo‘rqib uchishni istashmaydi. Balki hayotimizda hech bo‘lmasa, bir bor parvoz qilishimiz uchun kimdir biz o‘tirgan shoxni arralashi kerakdir? Ba’zan boshida yomondek tuyulgan voqea ham parvoz qilishimiz uchun imkoniyat taqdim etishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun