Otasining o‘g‘li

Date:

Ish kuni og‘ir bo‘ldi. “Maktabda ishlash har kimga ham emasda”. Yo‘l-yo‘lakay o‘z o‘ziga gapirib kelarkan, uyda kutib turgan ro‘zg‘or ishlarini o‘ylab yuragi siqildi.

“Oyim keldilar!” Chopqillab peshvoz chiqqan o‘glini nari surarkan, ivirsib yotgan uy go‘yo tobora kichrayib uni bo‘g‘ayotganday nafasi qaytdi.

— Ahmoq! Loaqal yegan ovqatining idishini tozalab qo‘ysa bo‘ladi-ku!

G‘azabini yutolmay aytib yuborgan gapini eshitgan o‘g‘liga yuzlanib, soxta tabassum bilan:

— Azizbek o‘g‘lim, maktabingga yaxshi borib keldingmi? Nechta besh olding? — dedi.

— Hech qancha! — qo‘rslik bilan qaytarilgan javobdan sergak tortdi.

— Aqlli bolalar oyisiga shunday javob qaytaradimi, o‘g‘lim? — dedi o‘zini zo‘rg‘a bosib.

— Men dadamning o‘g‘liman-ku, oyi?! — dedi yuzi tundlashgan o‘g‘li oshxonada kuymalanayotgan otasi tomon ketib borarkan.

Alloma

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun