Tog‘li hududlar aholisiga qo‘shimcha gaz ballonlar tarqatilmoqda

Date:

Surxondaryoning borishi qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda joylashgan mahalla aholisiga qish mavsumi oldi qo‘shimcha gaz ballonlar tarqatilmoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan olis va avtotransportlarning kuz-qish mavsumida yog‘ingarchiliklar sabab borishi qiyin bo‘lgan 33 ta mahalla, qishloqlarda yashovchi 96 mingdan ortiq aholisiga suyultirilgan gaz zaxirasini yaratish belgilangan. Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining maxsus buyrug‘i ishlab chiqilib, ushbu chekka va olis hududlarga mas’ul xodimlar biriktirilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, viloyatning tog‘li, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar xisoblangan Sariosiyo tumani Chosh mahallasiga gaz ballonlar yo‘l tanlamas avtotransportlar orqali yetkazish yo‘lga qo‘hilgan. Boysun tumani Xo‘jayidod mahallasiga, Dehbola mahallasidagi, dona gaz ballonlari orqali va O‘rmoncha mahallalariga gaz tarqatish servis markazi orqali gaz ballonlar yetkazib berildi.
Sariosiyo tumanidagi “Chosh” mahallasi tuman markazidan 120 kilmetr, viloyat markazidan esa 320 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloqda 292 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlarga “Sariosiyotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 215 dona maishiy gaz ballonlar yetkazilmoqda. Ushbu mahallaga qish erta kirib kelishi inobatga olinib oktyabir va noyabir oylarida qo‘yimcha maishiy gaz ballonlar yetkazilib kelinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun