O‘quv mashg‘ulotlariga start berildi

Date:

“Ko‘za kunidamas, kunida sinadi” deyishadi. Viloyatimizning tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi hayotiga yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va tabiiy ofatlar daxl qilish ehtimoli yuqori. Ana shunday holatlarda aholi qanday yo‘l tutishi lozim? Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Uzun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining birinchi kuni boshlandi.
Mashg‘ulot avvalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, l.m.v.b podpolkovnik M.Darxanov hamda tuman hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig‘i X.Bozorovlar boshchiligida, tuman FVDqT xizmatlari rahbarlarning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tegishli qarorlari tinglandi. Shuningdek, Uzun tumanidagi “Chinor” mahallasida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda holat sodir bo‘lganda, aholi va ularning mol-mulklarini xavfli hududdan, xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ko‘chirilgan aholi issiq ovqat, tibbiy xizmat va yotoq joylari bilan ta’minlandi.
O‘quv mashqi kunning ikkinchi yarmida ham davom etib, navbatdagi manzil tumaning Hududiy hamda Magistral elektr tarmoqlari liniyasida, ya’ni PS Uzun 10/35/10 Kv podstansiyasi transformatorida paydo bo‘lgan nosozlikni bartaraf etishdan boshlandi. Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasidagi avariya bartaraf etilib, navbatdagi o‘quv nuqtasi, tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” daryosi ustiga qurilgan ko‘prikdan o‘tayotgan “Zilzila oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, selxonaga tushib ketgan transport vositasida kelib chiqqan yong‘inda haydovchi va yo‘lovchilarni qutqarish hamda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda tuman favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, aholi va hududlarni, qolaversa, davlat mulklarini Favqulodda vaziyatlardan asrash, aholini sarosimaga tushmasdan to‘g‘ri harakatlanishlariga ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.

F.Shaymardanov,
Viloyat FVB Axborot xizmati yetakchi mutaxasisi
Sh.Jumayev,
boshqarma TBM Favqulodda vaziyatlar manitoringi va tahlil xizmati boshlig‘i, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun