Qanday toifadagi mulklarga mulk huquqi e’tirof etiladi?

Date:

Yer davlatniki, uning bir qarichidan ham foydalanmoqchi ekanmiz, albatta, o‘rnatilgan qoidalarga, qonunga muvofiq E-auksion orqali xarid qilishimiz yoki ijaraga olishimiz mumkin. Shunga qaramay, ba’zi fuqarolar o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olib, uy-joy qurib olish holatlariga ham duch kelamiz. Ana shunday uy-joylarga mulk huquqini olish esa keyinchalik muammo bo‘lishi ham bor gap. Joriy yilning 5-avgustida Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolangani esa fuqarolar uchun eng yaxshi hushxabar bo‘ldi.
Qonunga asosan, 2018-yil 1-may kuniga (2018-yildagi “bir martalik aktsiya”ga) qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga va hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga ko‘chmas mulk huquqi belgilandi. Shunigdek, “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga, 2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga ham ana shunday huquq e’tirof etiladi.
Bu bilan kifoyalanmay, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkalari, kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martga qadar joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkalari, davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar, hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylarning egallagan yer uchastkasiga ham mulk yoki ijaraga olish huquqini belgilash mumkin. Bunda, ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun to‘qson to‘qqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq to‘qqiz yil etib belgilanmoqda.

Bunyod Avazov,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun