Surxondaryoda 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

Date:

Bugungidek tinch, osoyishta kunlarimiz, davr-u davronlar surishimiz uchun ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qon kechishdi, jon olib jon berishdi. Ha, bu kunlarga osongina yetishgan emasmiz, bu kunlar matonat, jasorat, fidoyilik talab etgan. Ana shunday mard va jasur ajdodlarimiz hech qachon unutilmaydi. Ular har doim, har on qalbimizda, xotiramizda yashaydi…


Bugun ham erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydonida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotirlandi. Maydonga Surxondaryo iloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari jam bo‘ldilar.

Ular maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. Vatan tinchligi, osoyishtaligi, xalq erk-u ozodligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlarimiz, vatandoshlarimiz yod etildi.


Albatta, har yili an’anaviy tarzda 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda, o‘zgacha shukuhda nishonlanadi. Bunday an’ana negizida ham katta xislat bor. Bu orqali ajdodlarimiz xotirasini yod etib, yurtimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilgan keksalar, urush qatnashchilarini yo‘qlab, alohida hurmat ko‘rsatmoqdamiz.

Qalbimizda ana shunday insonlarning ezgu ishlarini davom ettirish istagini tugib, o‘z oldimizga buyuk maqsadlarni qo‘ygan holda oldinga intilayotirmiz.


9-may — Xotira va qadrlash kuni yurtimiz, viloyatlar, xususan vohamizning har bir hududida keng nishonlanib, ajdodlarimizga nisbatan hurmat bajo keltirilmoqda, o‘tganlar yod etilib, ularning ezgu amallari yod etilmoqda.

S.Normurodova,
T.Aliqulov
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun