Grantga o‘qigan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Date:

Davlat granti asosida o‘qishga kirgan talaba o‘qishni tamomlagach, 3 yil ishlab berish majburiyatini olishini yaxshi bilamiz. Endilikda bunday talab va majburiyat bekor qilinmoqda. Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.
Shuningdek, oliygohlarga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball). Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Baholar, o‘zlashtirish, maktab ma’lumotlari — “MyGov”da

Ota-onalar endi farzandining maktabdagi o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholari va...

Qatardagi turnirdan uch medal bilan

Qatar poytaxti Doha shahrida Taekwondo WT bo‘yicha xalqaro turnir...

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...
KunTun
KunTun