Xo‘jamayxona yo‘llarida…

Date:

Festival tobora qizg‘in tus olmoqda. Bir yoqda havo sharlari samo uzra kezib yurgan bo‘lsa, turizm kompleksida pavilyonlarda qo‘rg‘onlar, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlar namoyishi mehmonlar e’tiboriga havola etilgan. Milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, raqslarimiz esa barchani sho‘x-shodon o‘yin-kulgularga chorlagan bir paytda sportsevar, yuragida o‘ti bor ko‘ngilli yoshlar festival doirasid atashkil etilgan velo marafon musobaqalariga ishtirok etish ishtiyoqidalar. Aslida tashrifning boisi ham shu deyayotganlarning manzili Xo‘jamayxona ziyoratgohi tomon ulandi. Ishtirokchilar orasi birinchi bor o‘zini musobaqada sinayotganlar ham, sinashta bo‘laverib, tajribasi oshganlar ham yo‘q emas.
Shu o‘rinda vohamiz xususida ikki og‘iz gap. Surxon zamini Hisor, Bobotog‘-u Ko‘hitang, Boysun kabi purviqor tog‘ tizmalarida joylashgan hudud emasmi, u yerning go‘zal tabiat manzaralari, so‘lim go‘shalari, tanga shifo bo‘lguvchi buloqlari, ayniqsa, mashhur. Bugun “Boysun bahori” bahonasida mahalliy va xorijlik mehmonlar vohaning ana shunday go‘zalliklaridan bahramand bo‘lib turibdilar. Ajoyib tabiat manzaralari, tog‘ qo‘ynida sayr-u sayohat qilmoqdalar. Velomarafonchilar ham start chizig‘idan finishga qadar aynan Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona ziyoratgohi yo‘llaridan borishlarida ham bir xislat bor aslida.
Birinchi navbatda velosipedda sayr qilib, tabiat qo‘ynida sayr qilib, Boysunni bor bo‘yicha tomosha qilishsa, toza va shifobaxsh havo tanlariga darmon bo‘layotgani ham aslo mubolag‘a emas. Bunday ob-havo kishi tanasida charchoq bildirmaydi. Xorg‘inlik hissini tuygan borki, biroz tin olib, azaldan mahalliy aholi o‘rtasida shifobaxshligi bilan mashhur bo‘lgan Xo‘jamayxona bulog‘idan to‘yib-to‘yib qonib, tanlariga kuch kirgandek yana yo‘llarida davom etishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun