Hunarmandchilik ko‘rgazmasi: “Hayratimiz va havasimiz ortdi”

Date:

Surxon vohasi azaldan qo‘li gul, mohir hunamandlari bilan ham dunyoga tanish. Qoʻliga igna-yu ip olib, koʻz nuri, qalb qoʻrini berib tayyorlangan, charxda ip igirib, urchuqda paxtani soʻzib kalava pishitayotgan, bir parcha loydan bejirim idishlar, suvenirlar yasayotgan, kim uchundir keraksizdek tuyulgan kichik bir yogʻoch boʻlagiga-da sayqal berib, uni foydali buyumga aylantirayotgan usta-hunarmandlar vohamizda bisyor.
Koʻpda ularni qadrlayvermaymiz-u, biroq ularning qoʻl mehnati ila yaratayotgan mahsulotlarini dunyo tan olib turganida hayratimiz va havasimiz ortadi.
Har galgidek bu yilgi “Boysun bahori”da milliyligimiz, qadriyatlarimizni dunyoga koʻz-koʻz etishga chog‘langan hunarmandlar bayramda jam. Har bir qo‘rg‘onni tomosha qilib chiqarkansiz beixtiyor hududlarga xos hunamandchilik buyumlari ham e’tiboringizni tortadi.


Ikki yilda bir bor oʻtkazilib kelinayotgan “Boysun bahori”ni ko‘plar qatori hunarmandlar juda intiq kutishadi. Sababi, qadim qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan hunarmandchilik buyumlari namoyishi orqali vohaning o‘ziga xosligini festival ishtirokchilariga namoyish etish barobarida o‘z hunari mahsulini xorijiy sayyohlarga ilinishga odatlangan tanti hunarmandlar shu orqali voha hunarmandchiligini dunyoga mashhur qilishga urinishadi.
“Boysun bahori”ga oshiqqan borki, bosunliklarning hunarmandchiligiga tasanno demasdan qolmaydi. Negaki, bu yil tuman hunarmandlari nafaqat respublikamizdan tashrif buyurgan mehmonlarni, balki dunyoning turli nuqtalaridan qadim qadriyatlarni tomosha qilishga oshiqib kelgan xorijlik sayyohlarni lol qoldirib, o‘z yo‘nalishida dunyo rekordini yangilashga harakat qilib, kattaligi 161 kvadrat metr keladigan so‘zani tayyorlashgan, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” hamda “Boysun bahori” deb atalgan ulkan gilamlar festival ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otayotgani ham ayni haqiqat.


Ushbu festivalda viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq hunarmand 30 turdagi hunarmandchilik buyumlari bilan ishtirok etishmoqda.
Namoyishga qo‘yilgan har bir hunarmandchilik mahsuloti kishini beixtiyor moziyga, qadim-qadriyatlar tomonga yetaklayotganday tuyulaveradi.
Ochiq osmon ostida har galgidan o‘zgacha ruhda va o‘zgcha tayyorgarlik bilan o‘tkazilayotgan bu galgi “Boysun bahori”da kattaligi 110 kvadrat metr keladigan so‘zanadan tortib, 25 metrli qo‘lda to‘qilgan gilam, 3 metr keladigan qadimiy xasaman munchog‘i, shuningdek, naq 33 metr keladigan quroq singari qadimiy hunarmandchilik mahsulotlari ham festival tomoshalarini ixtiyor etgan kishilarni-da xushnud etmoqda.

Adolat MO‘MINOVA,

Tohir ALIQULOV

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yashil bekatlar” — ko‘payadimi?

Jamoat transporti sifati faqat zamonaviy avtobuslar bilan emas, balki...

Maktab quvvati 180 o‘ringa kengayadi

Ta'lim infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar nafaqat yangi binolar, balki...

Umrga tatigulik saboq

Atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish, eng avvalo, bolalik davridan boshlanadi....

Xavfsizlik — mas’uliyat

Yo‘l harakati xavfsizligi faqat qoidalarga rioya qilish emas, balki...
KunTun
KunTun