KPI tizimi taqdimot qilindi

Date:

Har bir sohaga e’tibor qaratilib, isloh qilinar ekan, muammo va kamchiliklar yuzaga kelmaydi. Aks holda bundan aziyat chekadigan faqat va faqat aholidir. Yurtimizda esa xalq manfaati, ularning farovon turmush kechirishi, barcha shart-sharoitlar yaratilishi uchun qanunlar qabul qilinadi, islohotlar amalga oshiriladi. Ayniqsa, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi birinchi galdagi masaladir. Shunday ekan, bu jihatlarda jiddiy e’tibor qaratib, yoshlar uchun munosib shart-sharoit yaratmoq lozim. Surxondaryo viloyati hokimi ham ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida hududlarda barcha sohalardagi har qanday muammoni bartaraf etishga bel bog‘lagan. Ayni maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi.
Universitet rektori Abduqodir Toshqulov KPI ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va kelgusida kutilayotgan natijalar, ta’lim samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni xususida axborot berdi. Tizimni puxta ishlab chiqib, bosqichma-bosqich boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Undan keyingi manzil Termiz shahridagi 7-sonli maktabi bo‘ldi va viloyat rahbari maktabdagi ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Tashrif dasturining so‘nggida viloyat rahbari joriy yilning 18-fevral kuni viloyat televideniesida o‘tkazilgan ochiq muloqotda kelib tushgan murojaatga asosan viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanserida bo‘ldi. Tibbiyot maskanidagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga binoni ta’mirlash bo‘yicha davlat dasturiga taklif kiritish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun