Davomadni Milliy gvardiya nazorat qilsa…

Date:

Maktablarga o‘quvchilarning doimiy kelishini ta’minlash, ya’ni davomad masalasi mushkul vazifaga aylanib qoldi. Sinf rahbari ming tayinlagani bilan ertasi kuni dars qoldiruvchilar soni o‘zgarishsiz qolaveradi. Sabab bitta repititorga boryapti. Pul to‘lanayotgan darslar uchun majburiy ta’limga e’tibor susayib bormoqda. Aslida o‘quvchi maktabdagi fanlarni o‘zlashtirganida, vaqtida darslarga ishtirok etganida edi, qo‘shimcha saboqlarga, pul to‘lab o‘qishga hojat qolmasdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Milliy gvardiya bilan hamkorlikda ish boshlab, Milliy gvardiyaning maktablarda vakillari nazoratni boshlagandan buyon davomadga o‘zgarish bo‘lib, o‘quvchilarning maktabga kelishi jonlandi.
Albatta, bolaning kunda maktabga kelishi uchun, ta’lim-tarbiyasi uchun ota-ona mas’uliyatini unutmasliklari kerak. Ayni maqsadda ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi uzviy tashkil etiladi. Shu maqsadda o‘quvchilarning darsda ishtirok etish ko‘rsatkichlari haqqoniyligini ta’minlash uchun “e.maktab elektron kundalik”ka o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘z vaqtida qaydlar kiritib boriladi.
Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi. Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi. Bunda ota-onalarning o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirildi.
Shuningdek, haftada kamida bir marotaba Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bolalarning ma’naviyati, tarbiyasi va davomadi bo‘yicha ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etilmoqda. Jumladan, o‘quvchilarning darsda muntazam ishtirokini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun to‘garak va mashg‘ulotlarni ko‘paytirish, ushbu jarayonlarga ota-onalar va hududdagi faol fuqarolarni keng jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun