Xususiy OTM litsenziyasi bekor qilinsa, talabalar taqdiri qanday kechadi?

Date:

Xususiy OTMlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ko‘plab yoshlarning oliy ma’lumot olishi uchun imkoniyatlar eshigini ochgan edi. Ammo, bir necha yilni o‘qib qo‘yib, o‘quv yilining o‘rtasida qatot xususiy OTMlarning litsenziyasi bekor qilingani ayni oliygohlarda tahsil olib yurgan talabalarni vahimaga tushirib qo‘ygani aniq. Bir tomondan o‘tgan vaqti, ikkinchi topmondan to‘lagan kontrakt summasi… Bunday paytda talabalarning taqdiri nima bo‘ladi?
Aytish kerakki, haqiqatan ham hozirga qadar litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga davo arizalari kiritilgan. Shundan 5 tasining tegishli litsenziyalari sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan. 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi vazirlikka berilgan. Shundan kelib chiqib, bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilib, jarayon davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun