Bolalarga ham himoya orderi beriladi

Date:

So‘nggi paytlarda bolalarga tazyiq, zo‘ravonlik holatlari kuchayib bormoqda. Otaning yoki onaning, tarbiyachi va o‘qituvchilarning bolalarni jazolash maqsadida ayovsiz kaltaklayotgani tasviri tushirilgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgani, uni hammaning ham ko‘rishga yuragi betlamayotgani aniq.
Nahotki, ota-ona o‘z farzandini shu qadar azoblashga, hayotiga chek qo‘yishgacha borsa… tarbiyachi-pedagoglarchi, ularning xatti-harakati nechog‘lik to‘g‘ri? Ular o‘z bolasiga ham shunday munosabatda bo‘larmikan. Aytishadi-ku, pichoqni avval o‘zingga ur deya. Bunday holatlarga chek qo‘yish shart va zarur. Ayni maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritildi.
Qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, ularning vakolatlari belgilanmoqda. Bundan tashqari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) ishtiroki, ularning majburiyatlari, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaslik nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ularga himoya orderi berish tizimi joriy qilinmoqda. Loyihani ishlab chiqishda Germaniya, Fransiya, Daniya, Singapur, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, Gruziya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun