Uzumchilik – doimiy daromad manbai

Date:

Uzumchilikda surxondaryoliklarning boy tajribasi bor. Voha iqlimi, tuprog‘i, ayniqsa, uzum yetishtirish uchun xos va mos bo‘lgan hudud. Shu sababdan ham voha bo‘ylab kezar ekansiz, keng dala maydonlarida yastanib yotgan uzumzorlarga ko‘zingiz tushadi. Yoz oxirlari, kuz mavsumida esa charos uzumlarning marjondek tizilib turgani ko‘zingizni quvnatib, ishtahangizni ochishi aniq. Angorlik Ibrohim Allanazarov ham tomorqasidan samarali foydalanish maqsadida imtiyozli kredit olib, 40 sotix maydonda uzum yetishtirni yo‘lga qo‘ydi.
Innovatsion usulda uzumning “Kelin barmoq”, “Kishmish”, “Mersedes” va “Rizamat ota” navlaridan 350 tup ekdi. Uzumlari o‘tgan yili hosil berib, bog‘bonning sa’y-harakatlari besamar ketmaganini isbotlagan bo‘lsa, kelgusi yilda ishlari yanada rivoj topishiga ishonchini oshirdi. Oila a’zolari bilan ishlasa-da, qo‘shimcha ishchiga ehtiyoj tug‘ilgani uchun Ibrohim aka mavsumiy ish o‘rni ham yaratgan. Qolaversa, uzumchilik bilan kifoyalanmay, asalarichilikni ham yo‘lga qo‘ygani oila uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun