Surxondaryo viloyati Musiqali dramma teatri Uzunda

Date:

Zararli illatlarga, salbiy holatlarga qarshi kurashishning yo‘llari ko‘p. Muhimi, ta’sir kuchini to‘g‘ri tanlay bilish, keng jamoatchilikni ishontira olish va to‘g‘ri yo‘lga sola bilishdir. Bu borada teatrning kuchi kattadir. Uzun tuman pokuraturasi hamda tuman hokimligi illatlar bilan kurashishda san’at kuchidan foydalanishdi. Tuman Madaniyat bo‘limida Surxondaryo viloyati Musiqali dramma teatiri aktyorlari tomonidan “Chorrahadagi odamlar” nomli spektakli namoyish etildi.


Spektaklning mazmun-mohiyatida mobil aloqa vositalaridagi qumor o‘yinlari hamda xorijiy davlatllarga ishlash uchun borib, turli oqimlarga aldanib kirib qolgan yoshlar hayoti gavdalantirilgan. Tomoshabinlar qumor o‘yinlarining, o‘ylamay qilingan qarorning oqibatlarini qahramonlarning kechmishi misolida ko‘rib, bilib oldilar. Oqibatlar bilan yuzlashdilar, o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan xulosalarni chiqardilar. Umid qilamizki, mana shunday ta’sirchan asarlar, hayotiy voqealar yoshlar uchun katta maktab vazifasini o‘tab, noto‘g‘ri qadamni tashlamasliklariga turtki bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun