QAHRAMONNING IBRATLI HAYOTI

Date:

Xotira aziz, ayniqsa, vatan uchun, uning himoyasida jon fido etgan qahramonlarni xalq hech qachon unutmaydi. Ular qalbimizda, xotiramizda bir umr yashaydi. Mamlakatimiz tinchligini buzishga uringan terrorchilar bilan bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda Muzrabot tumanidagi “Soppollitepa” mahallasida yashagan Ulug‘bek Alibekov ham bor edi. O‘z yigitlik burchini o‘tab, hayotini harbiylikka, vatan xizmatiga bog‘lagan o‘g‘lon ushbu to‘qnashuvda dushmanga qarshi mardonavor kurashdi va qahramonlarcha halok bo‘ldi.
“Vatan himoyachilari kuni” oldidan qahramon o‘qigan tumandagi 15-maktabda “Qahramonning ibratli hayoti” mavzusida vatanparvarlik ruhidagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi va Ulug‘bek Alibekov xotirasi yod olindi. Ulug‘bekning ustozlari, tanigan-bilganlar, do‘stu yorlari so‘zga chiqib, qahramon bilan bog‘liq voqealarni eslashdi, uning tantiligini, samimiyatini tilga olishdi.
Mana shunday haqiqiy er o‘g‘lonlar bor ekan, yurtimiz, uning sarhadlari ishonchli qo‘llarda. Qahramonimiz Ulug‘bek Alibekovning yorqin xotirasi esa qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun