Surxondaryo viloyati Musiqali drama teatri jamoasi Angorda

Date:

Asl xazina nima? Bu savolga har kimning javobi turlicha. Ammo, Surxondaryo viloyati Musiqali drama teatri jamoasi Angor tumanida ijodiy safar chog‘ida tomoshabinlar hukmiga havola etgan “Asl xazina” spektakli orqali ushbu savolga o‘z talqinlarida javob qaytarishdi.
Shukrullo Mahkamov qalamiga mansub ushbu spektakl komedik janrda boʻlsa-da, unda koʻtarilgan muammolar ogʻriqli va davr talabidan kelib chiqqan. Asar mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, bosh qahramon Esonboy otasidan qolgan devor orasidan quticha topib oladi. Esonboyning atrofidagi boshqa qahramonlar, ya’ni xotini Erkinoy, qoʻshnisi, profilaktika noziri, va usta yigit Teshavoylar qutichada xazina bor deb oʻylaydi.

Shu tariqa ular bir-biridan bekitib, qutichani ochib koʻrishadi va uning ichidagi yozuvlarni oʻqigach, biri esidan ogʻib, boshqasi eshitmay, yana birining koʻziga hech kim koʻrinmay qoladi.
Asar qahramonlari aslida insoniyatning eng katta boyligi boʻlmish — eshitish, koʻrish va tafakkur qilish kabi ne’matlarning qadriga yetmasdan, keyinchalik ulardan ajrab qolganida esa sogʻlik eng katta xazina ekanligini anglab yetishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun