“Qahramon”da davra suhbati tashkil etildi

Date:

Yosh oilalarning aksariyatida turli xil sabablarga ko‘ra kelishmovchiliklar yuzaga kelib, buning yagona yechimi ajrim deb o‘ylashadi. Afsuski, buning oqibatida dunyoda tirik yetimlar soni tobora ko‘payib borayotir. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi tashkil qilinib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning kelishmovchiliklarini mahallaning oqsoqollari hamda otinoyilari bilin birgalikda bartaraf etish uchun astoyidil harakat qilib kelayotir.
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Raxmatullayeva, Termiz tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Rasulova hamda tumanning 1-sektor hududida joylashgan mahallalaridagi xotin-qizlar faollari ishtirokida mahallalarda ayni shu mavzuda davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Termiz tumanidagi “Qahramon” mahallasida bo‘lib o‘tgan suhbat asnosida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar хususida so‘z yuritildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ikki korxona “GlobalG.A.P.”ga ega

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Denov Agrostar” va “Bravo Agro...

Plogingda yoshlar faol

Termiz davlat universitetining mingga yaqin talabalari “Ekologik madaniyat –...

Dastur ijrosi o‘rganildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kirib boradigan tuman...

Tun-u kun xizmatda

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, tungi iqtisodiyotni...
KunTun
KunTun