Yangi yildan so‘zlar…

Date:

Chor atrofimiz bayramona bezatilgan. Yorigichlar, zarlar, bezatilgan archalaru bayram qahramonlari chizilgan suratlar qalbimizga bayram shukuhini uyg‘otib yuboradi. Surxondaryo viloyatining har bir hududida bayramga ana shunday hozirlik ko‘rilganki, ko‘rgan ko‘z quvonadi. Uzun tumanidagi Sport maktabi o‘yingohida (Markaziy o‘yingoh) ham Yangi yil bayram archasi qad rostladi.
Tuman ahli bayram archasi atrofida sayr qilib, ko‘ngil yozishayotganini, bu yilgi bayramni suratlarga tushib, manguga muhrlashayotganining guvohi bo‘lish mumkin.
Tuman Madaniyat bo‘limi badiiy jamoalari ham “Yangi yil — orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami” shiori ostida bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rishgan va Yangi yil bayrami archasi o‘rnatilgan ushbu maydonda to‘yga to‘yona sifatida o‘zlarining sahnalashtirilgan bayram konsert dasturlarini namoyish etishga shay.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi taqdim etildi

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish va Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash...

Narx barqarorligi nazoratda

Yangi yil bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini sifatli...

Hasan 5 karra chempion!

Termiz davlat universiteti sport faoliyati fakulteti talabasi Hasan Xudoynazarov...

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...
KunTun
KunTun