KO‘CHMA SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Date:

Yangi yil to‘kin-sochinlikda, shodu xurramlikda kutib olinishida yil bo‘yi ana shunday kayfiyatda bo‘lishimiz niyati mujassam. Bu odat tusini olgani uchun ham xalqimiz yangi yilni o‘zgacha tayyorgarlik bilan kutib oladi. Shu sababdan ham bozorlarimizda narx-navo arzonlashib, aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlar yarmarkasi aholi xizmatida bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi va xavfsizligini hamda xalqimizni arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanning chegara oldi hududida joylashgan mahallalarida ham arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Ko‘chma savdo yarmarkada DXX chegara qo‘shinlari harbiy qismida xizmat qilayotgan harbiylar hamda oila a’zolari bayram dasturxoniga hamyonbop narxlarda oziq-ovqat, go‘sht, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Harbiylarning oila a’zolari tashkilotchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun