Yarim soat

Date:

Ekran bir-ikki lipillab turdi-da, chiq etib o‘chdi-qo‘ydi. Kompyuter qarshisida muk tushib ishlayotgan xodimlar baravar uh tortib yuborishdi.
— Voooy “soxranit” qilmagandim!
— O‘lsin-a, o-ozgina qolgandi!
— Eh yana tugatolmadim!
— Endigina gaplashayotgandim Amerikadagi dugonam bilan!
— Shu yetmay turuvdi…
— Uff…
Haftada olti kun, ertadan kechgacha ekranga mixlanib ishlashga ko‘nikib qolgan xodimlar bir zum nima qilarlarini bilmay serrayib qolishdi-yu, bekorchilikdan asta bir-birlariga so‘z qota boshlashdi.
— Masturaxon, bugun ja-a ochilib ketibsizmi? Yangi ko‘ylagingiz buncha yarashibdi?
— Voy yangiligi qoptimi Aziz aka, bir haftadan beri kiyib kelaman-ku…
— Nafisa, qizing yaxshimi? O‘qishga kirdimi?
— Yo‘q, ozgina ball yetmabdi, uch kundan buyon xonadan chiqmay yig‘lab yotibdi.
— Nig‘matvoy, ha bu ko‘rinmaysiz?
— Ie aka, har kuni shu yerdaman-ku!
— Akbar aka, kecha ayangizni ko‘rgandim, sog‘indim, bir habar olmaydi ham bu bola dedilar.
— Yaxshi eslatdingiz Saidaxon, o‘zimam bir qo‘ng‘iroq qilaman deb yurgandim, hozir gaplashaman.
— Naima, boshing ancha yaxshimi, tunov kuni og‘riyapti deb yurganding.
— Ey nimasini aytasiz, og‘riq o‘lgur qo‘yib yubormayapti.
— Ha aytgancha, Salim akani ancha mazasi yo‘qmish, bir xabar olib kelsak bo‘lardi, har holda eng kattamiz…
— To‘g‘ri aytasiz, albatta, borish kerak.
— Bugun ishdan keyin borsakchi?
— Ma’qul. Quruq bormasmiz har holda, qani to‘rtta patir bilan meva-chevaga ikki mingdan tashlanglarchi!
Yarim soat. Yarim soatgina vaqt yetarli bo‘ldi mehr, oqibat, hamjihatlik, yaqinlik uchun. Nega zamonaviy texnologiyalarning t harfi, internetning i harfi yetib bormagan kichik-kichik qishloqlarda mehr-oqibat kuchli-yu, tobora taraqqiy etib borayotgan katta-katta shaharlarda odamlar ham tobora begonalashib, oqibat ko‘tarilib borayapti ekan degan savolga javob topilgandek bo‘ldi, shu yarim soatda.

Lobar Azizxo‘jayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun