O‘zbekiston–Afg‘oniston ishchi komissiyasining to‘rtinchi majlisida…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Afg’onistonga yo’l olgandi. Ularni Hayraton shahrida Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Abu Idris hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so’ng, Balx viloyati gubernatori qarorgohida ikki davlat o‘rtasida chegaraoldi savdo-iqtisodiy hamkorlik Qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi doirasida viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov va Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo boshchiligidagi ikki tomon delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi rasmiy muzokaralari boshlandi.
Muzokaralar davomida savdo, transport, temir yo‘l va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, geologiya yo‘nalishida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish, tabiiy pardozbop toshlar xomashyosini hamkorlikda qayta ishlash, qumli chang shamollarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Amudaryo bo‘yiga tutash hududlarda “Yashil belbog‘” himoya o‘rmonzorlari barpo qilish masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun