Munosib kurashdi

Date:

Ayni kunlarda Samarqand shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kurash ixlosmandlari-yu polvonlarni bir yerda jam etgan chempionat qizg‘in lahzalarga boy o‘tayotir. Axir o‘zbek kurashini, polvonlarning chiqishini, o‘ziga xos usullarni tomosha qilish kishiga zavq bag‘ishlaydi-da.
Har bir g‘alaba tomoshabinlar tomonidan o‘ziga xos xayqiriqlar bilan qo‘llab-quvvatlanayotgani polvonlarning zavqini oshirgan, yuragidagi otash-olovni toshirgan. “Yo pirim” deya kurashayotganlarning kurashi ham halol.
Ayollar kurashi bo‘yicha 65 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan jarqo‘rg‘onlik sportchi Muqaddas Mamatova ham munosib kurashdi, raqiblarini dast ko‘tarib, g‘oliblik uchun tirashdi. Natijada 2-o‘rin bilan kifoyalandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun