Lotin alifbosidagi ba’zi harflar o‘zgaradi… mi?

Date:

Lotin alifbosidagi ba’zi harflarni o‘rgartirish ko‘plab olimlarimizning xalovatini o‘g‘irlaganga o‘xshaydiki, bir necha yilki, ayni mavzuda o‘z takliflarini bildirishdan to‘xtashmagani keng jamoatchilikka ma’lum. Xo‘sh, bu nechog‘lik to‘g‘ri bilmadigu, ammo bu masala Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tishiga sabab bo‘ldi.
Anjuman kun tartibiga ko‘ra o‘zbek lotin alifbosidagi ayrim harflarni o‘zgartirish masalasi muhokama qilindi. Loyihani O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, filologiya fanlari doktori Yorqinjon Odilov taqdim etdi.
Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, Ch va Sh qo‘sh harflari C va Ş shaklida, ya’ni bir harf bilan ifodalanmoqda. O‘ harfini Õ shaklida, G‘ harfini Ğ shaklida yozish taklif etilmoqda. Ushbu harflarni kompyuterning standart klaviaturasida qaysi klavishlar o‘rnida aks ettirish ham loyihada e’tiborga olingan.
Alifbodan ng harfini chiqarib tashlash 42 ovoz bilan ma’qullandi. Bu harf birikmasini alifboda qoldirishni yoqlab 16 kishi ovoz berdi. Umumiy holatda esa loyihani qo‘llab-quvvatlashda yakdillik kuzatildi. Jumladan, tilshunoslar Inomjon Azimov, Baxtiyor Mengliyev, Eldor Asanov, adabiyotshunos Shuhrat Sirojiddinov, yozuvchi Isajon Sulton, notiq Rahimboy Jumaniyozov, Xushnud Xudoyberdiyev taklif etilayotgan loyihani ma’qullagan bo‘lsa, adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov, tilshunoslar Baxtiyor Abdushukurov, Jo‘ra Xudoyberdiyev e’tirozini bildirdi.
Ko’ramiz, kuzatamiz, tinib-tinchimagan olimlar qanday to‘xtamga kelisharkin…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun