“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul”

Date:

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” koʻrik-tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi faxriylari, yoshlar, jamoat va davlat arboblari ishtirok etdi.
Tanlov ishtirokchilari bo‘lmish 10 nafar jamiyat hayotimizda ibrat qilib ko‘rsatgulik, mehnat faoliyatida katta tajribaga ega, farzand va nabiralarini risoladagidek tarbiya etib, bugungi kunda mahalla yoshlariga-da o‘z tavsiya va nasihatlarini ayamasdan, ularni to‘g‘ri yo‘lga solib kelayotgan pir-u badavlat keksalarimiz ishtirok etdilar. Ular berilgan shartlar bo‘yicha bellashdilar.
Aytish kerakki, ishtirokchilarning har biri g‘oliblikka arzigulik nomzodlar. Shunday bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilar orasidan saralangan g‘oliblarga tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanma berildi.
Shundan soʻng, ko‘rik-tanlov “Uch avlod uchrashuvi” tadbiriga ulanib ketdi. Unda “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi, senator Orziqul Soatov, 95 yoshni qarshilagan Xonim hoji ota Toshboyev, taniqli jurnalist, Mahalla raislari malakasini oshirish markazi rahbari Rayhona Rahimovalar so‘zga chiqib, yoshlarga o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. Uchrashuv samimiy ruhda kechdi.
Uchrashuv so‘nggida bir guruh faollarga “Nuroniy” jamgʻarmasining tashakkurnomalari tantanali tarzda topshirildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun