Davlat tibbiy sug‘urtasi joriy etilmoqda

Date:

Bugungidek bozor iqtisodiyoti sharoitida har soha, jumladan, sog‘liqni saqlash ham samarali moliyalashtirish tizimisiz rivojlana olmaydi. Tibbiyot sohasidagi smetali moliyalashtirish tizimi eskirgan, xalqaro amaliyotga mos kelmaydigan mexanizmlarga asoslanganini esa yaxshi bilamiz. Sababi u moliya resurslarining samarasiz ishlatilishi va sohaning surunkali tarzda moliyalashtirilmay qolishiga olib kelyapti. Moliyaviy resurslarning cheklanganligi, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish esa sog‘liqni saqlash sohasining muhim, hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolaridan biri bo‘lib turibdi.
Ajratilayotgan mablag‘lar sarflanishi samaradorligini oshirish, o‘z navbatida, tibbiy muassasalarni moliyalashtirish tizimini isloh qilishni talab etadi. Bu esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan JSST ekspertlari mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilishning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga sabab bo‘ldi. Shuning asosidagi islohotlar jarayoni davom etmoqda.
Xususan, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Kontsepsiyada sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish, tibbiy sug‘urtaga oid qonun qabul qilish, ushbu tizimni 2021-yildan Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida qo‘llash hamda 2025-yilgacha respublika miqyosida tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifalari belgilandi.


Maqsad esa davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish orqali kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash, tibbiy yordam ko‘rsatishning birlamchi bo‘g‘inida malakali va sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, aholining salomatlik darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirishdan iborat. Bunda aholining elektron reestrini shakllantirish, bemor yo‘llanmasi, kasalligi, qaysi shifokor tomonidan ko‘rilgani, tashxis va davolanish holatlari haqidagi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish rejalashtirilgan.
Termiz shahar tug‘ruqxonasida o‘tkazilgan seminarda esa ayni ishlarning davomi — Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini Surxondaryo viloyatida ham bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, oldinlari “order” asosida davolangan, yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj bemorlarning davolanish harajatlari bemor yaqinlari tomonidan qoplangan bo‘lsa, kelgusida bemorlarni hisobga olish imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun qo‘llanadigan “order” tizimiga barham berilib, bemorlarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron tizimi joriy etildi. Unga ko‘ra bemor, tibbiy xizmat olgan davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, mazkur mablag‘lar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan to‘lab berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tish Surxondaryo viloyatida bir necha yo‘nalishlarda boshlab yuborildi. Birinchidan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini davlat tibbiy sug‘urtasi asosida ishlashga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy...

O‘qituvchi maoshini o‘zi belgilaydi

O‘qituvchi-pedagoglar qadr topib, ular uchun barcha shart-shaoitlar yaratildi. Maqsad...

Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq...

Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg...
KunTun
KunTun