Ezgulik karvoni yetkazildi

Date:

Insonparvarlik — bu millatning eng yuksak ma’naviy mezoni, og‘ir damda boshqalarga ko‘mak qo‘lini cho‘zish esa ezgulikning eng yorqin ifodasidir. Ayniqsa, Qurbon hayiti kabi ulug‘ bayramlar arafasida mehr-oqibat va bag‘rikenglik tuyg‘ulari yanada kuchayadi. O‘zbekiston xalqining ana shu qadriyatlari bugun yana bir bor amalda namoyon bo‘ldi.

Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, Afg‘onistonning sel va suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholisi uchun navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. Umumiy og‘irligi qariyb 200 tonnani tashkil etgan oziq-ovqat mahsulotlari Balx viloyatiga yetkazilib, ehtiyojmand aholiga topshirildi.

Yuklar Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida rasmiy marosim orqali topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirok etdi. Ushbu jarayon ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarining amaliy ifodasiga aylandi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, no‘xot hamda tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan bo‘lib, ular tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan oilalarning ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan ezgu tilaklarini yo‘lladi. Bu esa ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Mazkur insonparvarlik yordami nafaqat moddiy ko‘mak, balki qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi ishonch, hamjihatlik va ezgulik ko‘prigining amaliy ifodasidir. O‘zbekistonning bunday tashabbusi mintaqada tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun