To‘g‘ri xulosa chiqarsa…

Date:

Sherobod tumanida joylashgan Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish departamentining 4-mintaqaviy hududidagi 41-sonli manzil koloniyasi. Mahkum va mahkumalar qilgan jinoyati uchun javob beradigan manzil. Javob berish bu jazolanish, qiynoqlarga solinish emas. Aslida to‘rt devor ichida chorasiz qolishning yaqinlari, oilasidan uzoqda bo‘lishning o‘zi eng katta jazodir. Ular ana shunday jazo bilan jazolanganlar. Belgilangan jazo muddati esa ularning yetarlicha xulosa chiqirishi uchun saboq bo‘lsa, kifoya. Bundan uyog‘i esa to‘g‘ri va halol yashash jinoyat botqog‘idan qutulishning eng to‘g‘ri va yorug‘ yo‘liga ulanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida joylashgan ushbu manzil koloniyasida bo‘lishdi. Mahkum va mahkumalar bilan uchrashishdi.


Uchrashuvda mahkum va mahkumalarning jazoni o‘tashda belgilangan tartibda sharoitlar bilan ta’minlanligiga ishonch hosil qilishdi. Jazoni o‘tash davomida o‘zini yaxshi tutgan, namunali xulqga ega mahkumalarga jazoni yengil turiga almashtirish yoki ozod etish to‘g‘risida sudlarga davo kiritish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olingani jazo muddatini o‘tayotganlarni quvontirdi. Shuningdek, mahkumalarga ozodlikka chiqqach, hayotlarida yo‘l qo‘ygan xatolardan to‘g‘ri xulosa qilib, sog‘lom turmush kechirish, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun davlat barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatishi ma’lum qilindi.
Uchrashuvda mahkumalarga oziq-ovqat mahsulotlari va zarur gigiyenik vositalar ham topshirildi. Qolaversa, viloyat rahbari mazkur manzil koloniyasida tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonasida ham bo‘lib, mahkumlarni ish bilan ta’minlash, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun