Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Date:

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni tabiatga yaqinlashtiruvchi daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida har bir harbiy xizmatchini muayyan kasb-hunarga o‘qitish, “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar 15 tadan ortiq kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Jumladan, harbiy qism hududida tashkil etilgan asalarichilik yo‘nalishida ham bir qator askarlar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida ular asalarilarni parvarishlash, asal mahsulotlarini yetishtirish va sohaning muhim jihatlarini o‘rganmoqda.

Bu kabi amaliy mashg‘ulotlardan asosiy maqsad — harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda xizmatdan keyingi hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iborat.

Akbar Axmedov,

III darajali serjant

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun