“Kitob menga har safar yangi kuch beradi”

Date:

Men “Yosh kitobxon” tanlovida bir necha bor ishtirok etganman. Oldingi yillarda muvaffaqiyat ham, mag‘lubiyat ham bo‘lgan. Hatto 3-o‘rinni olganman. O‘sha paytda ham tushkunlikka tushmaganman, chunki har bir natijaning ortida, albatta, hikmat borligini his qilardim. Bu yil esa tanlovning respublika bosqichida birinchi o‘rin sohibasi bo‘ldim. Bu g‘alaba men uchun oddiy mukofot emas, bu yillar davomida qilingan mehnat, sabr va ishonchning mevasidir.

Tanlov bahonasida Prezidentimiz bilan ham uchrashganim esa men uchun juda katta voqea bo‘ldi. Ularning samimiy tabriklari, iliq so‘zlari meni yanada ruhlantirdi. U kishi bergan e’tibor va ishonchni his qilishning o‘zi ham katta baxt. O‘sha lahzalarda qilgan mehnatim behuda emasligini yana bir bor angladim.Kitob men uchun faqat bilim manbayi emas, balki hayot yo‘limni yoritib turadigan nur. Har bir kitob menga yangi fikr, yangi qarash va yangi kuch beradi. Men o‘quvchilarga ham shuni aytaman: kitobni odat emas, hayotning bir qismi qilib olish kerak.

Yoshlarga aytar so‘zim esa — hech qachon kitobdan uzoqlashmang. Har kuni oz bo‘lsa ham mutolaa qiling. Mag‘lubiyatdan qo‘rqmang — u ham bir ustoz. Asosiysi, kitobni tashlamang va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Men erishgan natija ham aynan shu sabr va doimiy mutolaaning mevasidir.

Kitobdan kuch olgan har bir inson, albatta, o‘z yo‘lini topadi.

Fazilat Diyorova,

“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun