O‘rnak

Date:

O‘g‘il keksayib qolgan otasini mehmon qilish istagida shaharning osoyishta tamaddixonalaridan biriga olib keldi. Ovqatlanish mahali beixtiyor qo‘llari qaltirayotgan otaning qoshig‘idagi ovqati to‘kilib, kiyimlariga sachrar, xijolatdan qizarib ketgan otaxon o‘g‘liga yumshoq nigohlarini tikar, o‘g‘il esa xotirjam jilmayar, sachragan taom dog‘larini zudlik bilan artib qo‘yar edi. Ularga yonma-yon o‘tirgan stoldagilar, jumladan, 3 nafar o‘smir yigit qurshovida ovqatlanayotgan kishi va uning oilasi bu manzarani zimdan kuzatib turishardi.
Ota-o‘g‘il ovqatlanib bo‘lishgach, o‘g‘il otaning qo‘llaridan tutib yuvinish xonasiga boshladi, otasining kiyimini non hamda ovqat qoldig‘i, dog‘lardan tozalab, qo‘llarini yuvishga yordamlashdi, dadasining sochlarini tarab, bosh kiyimini to‘g‘irlab qo‘ydi.
Yuvinish xonasidan chiqishganida barchaning e’tibori ularda edi. Ota-o‘g‘il yemakxonani tark etayotganlarida qo‘shni stolda farzandlari bilan o‘tirgan kishi ortlaridan yetib keldi:
— Siz bu yerda nima qoldirib ketayotganingizni bilasizmi?” — so‘radi u o‘g‘ildan.
— Yo‘q, hech narsamiz qolib ketayotgani yo‘q”, — stolga ko‘z yugurtirganicha javob qaytardi o‘g‘il.
— Qoldirib ketyapsiz, juda qimmat narsa qoldirib ketyapsiz. Siz har bir otaga umid, har bir farzandga o‘rnak qoldirib ketyapsiz, do‘stim! Otangizga ming rahmat!, — u kishi o‘g‘ilning qo‘lidan mahkam siqqanicha minnatdor nigohda boqdi.
Bu so‘zlar yangrayotganida xo‘randalar yeyishdan bir fursatga to‘xtashgan, ota-o‘g‘il taassurotli sukut og‘ushida tamaddixonani tark etishayotgan edi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

INKLYUZIV RIVOJLANISH YO‘LIDA

Inklyuziya haqida gap ketganda, nogironligi bor insonlarni bir ko‘zda...

337 nafar fuqaro ilk marta saylandi

Mavzuning ikir-chikirigacha bilgan insondan olim chiqadi, hayotning mazmun-mohiyatini anglagan...

30 yillik sarhisob kuni

Partiyalar xalq manfaatini ko‘zlaydi. O‘z saylovoldi dasturidan kelib chiqib,...

Qamrovi keng, aloqalari mustahkam, do‘stligi abadiy

Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati, Kulob shahrida “Xatlon — turizmning...
KunTun
KunTun