Shukronaning mukofoti

Date:

Turmushning mushtini hamma ham tatib ko‘radi, ammo har xil. To‘g‘ri, Yaratgan sabrimiz yetmaydigan qiyinchilikni boshimizga solmas, lekin boshdan o‘tgani faqat o‘zimizgagina ayon bo‘ladi. Har qanday mashaqqat-u sinovlarni sabrimiz, bardoshimiz bilan yengib, yorug‘ kunlarga yetamiz. Balki, umid qilish uchun miltillab yonayotgan uchqunni ko‘rmasmiz, baribir yaxshilikka, ezgulikka ishonaveramiz. Sho‘rchilik Barno Kenjayevaning suvrati-yu siyratiga boqsangiz, o‘ta sodda va samimiy ayol qiyofasi bor bo‘y-basti bilan gavdalanadi. U nolishni, norozi bo‘lishni bilmaydi. Qalbida shukronalik hissi ila, qanoat ila yashayverishini gap-so‘zlaridan bilib olasiz. Ana shu odmilik, shukrning mukofoti borligini bir inson hayoti misolida bilish, anglash mumkin ekan.


Taqdiri o‘xshamay, bir qizi bilan ota uyiga qaytgan Barno ozmuncha qiyinchilik ko‘rmadimi? Hattoki, shu paytgacha qo‘nim topib, vatan bilib kelgan pastakkina tomli kulbasini ham ayol boshi ila o‘zi, onasi va qizining yordami bilan oddiy loydan qurgan edi. Mana shunga ham qancha yoz, qancha qish — yillar bir-birining izini quvib o‘taverdi. Bu muddat ichida jamiyat hayotimizda ham qanchadan-qancha o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘ldi. Amalga oshirilgan islohotlar negizida esa inson qadri ulug‘landi.


Mas’ullar, rahbarlar xalq dardini tinglaydigan, muammo va tashvishlarini o‘rganadigan bo‘ldi. Ana shunday kunlarning birida mahalla faollari Barno Kenjayevaning-da eshigini qoqib, hol so‘rashdi. Sharoitini o‘rganishdi. Shu tariqa “Ayollar daftari”ga kiritilib, kerakli moddiy yordam ajratildi. Pastakkina kulbasining o‘rniga esa yangi uy qurib berishdi. Ta’mirlashdi, jihozlashdi. Hayotida bunday o‘zgarishlar bo‘layotgan Barno Kenjayeva va qizining esa quvonchining cheki yo‘q. Kecha ko‘rimsizgina kulbada yashagan qahramonimiz bugun esa zamonaviy uyga ko‘chib o‘tdi…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun