Suv tekin emas

Date:

Haqiqatan ham suv tekin emas. Oxir-oqibat tugaydi. Uni isrof qilmaslik, tergab, tejab sarf etmoq lozim. Angor tumanida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan. Ayni dasturga asosan 2024-yilda 472 gektar maydonga ekilgan ekinlarni tomchilatib sug‘orish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar reja ortig‘i bilan bajarilgan. Ya’ni 1500 gektar tomchilatib, 235 gektar yomg‘irlatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘shimcha suv tejovchi texnologiyalarining to‘liq ishga tushirilishi natijasida suv sarfi 35-40 foizgacha iqtisod qilinadi. Shuningdek, tumandagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida ham tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilmoqda. Hozirda tumandagi 2900 gektar maydondagi bog‘larning 400 gektariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun